Biz haqimizda
BIZNING TARIX
Tafakkurni yuksaltirib, Yuraklarni ilhomlantirib
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-yanvardagi PQ-24-son qarori bilan ta’sis etilgan Turkiy Davlatlar Xalqaro Universiteti (TDXU) turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, akademik yuksaklikka ko‘maklashish, madaniy almashinuv va mintaqaviy rivojlanishga ko‘maklashishni maqsad qilgan. TDXU Turkiyaning o'z tadqiqotlari, innovatsiyalari va akademik mukammalligi bilan mashhur to'rt nufuzli universitet negizida tashkil etilgan.
O’rta Sharq Texnika Universiteti
O’DTU muhandislik dasturlari bilan Turkiyada yetakchi texnik universitetlaridan biri bo'lib, tadqiqot va innovatsiyalari bilan mashhur. O’DTU Anqarada joylashgan bo’lib reyting bo’yicha kuchli xalqaro obro'ga ega. Kompyuter texnikasi, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, algoritmlar, sun'iy intellekt va kiberxavfsizlikka e'tibor qaratadi. Laboratoriyalar, sanoat hamkorliklari va tadqiqot loyihalari orqali amaliy ko'nikmalarga urg'u beradi. Yetakchi texnologik kompaniyalar va ilmiy muassasalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari mavjud.
Hajettepe Universiteti
Hajettepe universiteti Turkiyaning eng ilg'or tibbiyot maktabi bo'lib, ilg'or sog'liqni saqlash tadqiqotlari, tibbiy ta'lim va klinik amaliyot bilan mashhur. Klinik rotatsiya, tadqiqot va jamiyat salomatligini o'z ichiga olgan keng qamrovli tibbiy ta'limni taklif qiladi. Tibbiyot fanlari, biotibbiyot tadqiqotlari va sog'liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarga katta e'tibor. Amaliy mashg'ulotlar uchun zamonaviy shifoxonalar va ilmiy markazlar
Egey Universiteti
Egey universiteti barqaror qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhit fanlariga e'tibor qaratgan qishloq xo'jaligi va muhandislik fakultetlari bilan mashhur. Oziq-ovqat muhandisligi: Oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, xavfsizlik, sifat nazorati va oziq-ovqat texnologiyasiga e'tibor qaratiladi. Meva-sabzavvotchilik va meva yetishtirishda yetakchi bo’lgan bu universitet , genetika, urug’chilik va ochiq va yopiq maydonlarda dehqonchilikni rivojlantirishga urg’u beradi.
Istambul Texnika Universiteti
1773-yilda tashkil etilgan ITU muhandislik, arxitektura va tabiiy fanlar boʻyicha yuksak maqomga ega boʻlgan dunyodagi eng qadimgi texnik universitetlardan biridir. Energiya tizimlari, telekommunikatsiyalar, boshqaruv tizimlari va elektronika yo’nalishlarida laboratoriyalar, sanoat hamkorliklari va tadbirkorlik loyihalari orqali innovatsiyalarga urg'u beradi. Jahon mehnat bozorida ITU bitiruvchilariga talab katta.

Bizning Maqsadimiz
Bizning maqsadimiz — talabalarni jadal rivojlanayotgan global jamiyatda innovatsion, axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatli yetakchilar sifatida tarbiyalovchi, yuqori sifatli ta’limni ta’minlashdir. Biz ilmiy izlanishlarga asoslangan, talabaga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari orqali akademik mukammallik, tanqidiy fikrlash va umrbod o‘rganish madaniyatini rivojlantirishga intilamiz. Bitiruvchilarimizni barqaror rivojlanish, texnologik taraqqiyot va madaniy anglashuvga hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilganmiz. Inklyuzivlik, hamkorlik va halollikni targ‘ib etgan holda, biz murakkab global muammolarga ishonch, ijodkorlik va mehr bilan yondashuvchi mutaxassislarni kamol toptirishni istaymiz.
Bizning G’oyamiz
Bizning qarashimiz — akademik yangilik, fanlararo tadqiqot va global ta’sir bilan tan olingan yetakchi xalqaro universitetga aylanishdir. Biz bilimli, ijodkor va mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalash orqali kelajakka ijobiy ta’sir ko‘rsatishni orzu qilamiz. Turli nuqtayi nazarlar hurmat qilinadigan va madaniyatlararo hamkorlik rag‘batlantiriladigan zamonaviy ta’lim muhitini yaratishni maqsad qilganmiz. Biz dunyo universitetlari va sanoat bilan hamkorlikda jamiyat muammolariga innovatsion yechimlar topishga va mintaqadagi ta’limni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilamiz. Biz mukammallik, tenglik va taraqqiyotga sodiq bo‘lgan avlodlarni ilhomlantirishni xohlaymiz.
Bizning Qadriyatlar
Akademik Mukammallik
Barcha sifatli oliy ta’lim olishga haqlidir.
Ijtimoiy Faollik
Jamiyatga xizmat qilmaydigan ilmdan naf yo’q.
Innovatsiya
Universitetning har bir bitiruvchisiga taqdim etiladigan salohiyat.
Umumiy Kelajak
Shaxsiy manfaatlar insoniyat manfaatlari bilan uyg’unlashtirish.
Bizning Liderlar
Universitetda Ta’limni Takomillashtirayotgan Fidokor Ma’murlarimiz
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Mauris ipsum sit nibh amet egestas tellus. Eu leo morbi massa sem faucibus nulla gravida vulputate adipiscing. Sed malesuada quam scelerisque amet commodo arcu mollis.
25
Muvaffaqiyat Sari
45+
Fakultet A’zolari
98%
Talabalar Muvaffaqiyati
